Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 12:23 / 25.09.2015
4846
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida savdo urushi bo‘lmaydi
Qozog‘iston milliy tijoratchilar palatasi Rossiya bilan savdo urushiga kirishilishi borasidagi yangilikni inkor etdi. Yaqinda mahalliy matbuotda rasmiy Ostona Rossiya mahsulotlariga embargo joriy qilishi mumkinligi haqida xabr tarqatilgan edi.
Xususan, avtomobillar, akkumulyatorlar, makaronlar va boshqa mahsulotlar man qilinishi ko‘zda tutilgani aytilayotgan edi. Ammo Qozog‘iston iqtisodiyoti rasmiylari bu axborotni inkor qildi.