22:58 / 25.09.2015
3977

Rossiya Ukraina bilan havo bog‘lanishini to‘xtatishga tayyorligini ma'lum qildi

Rossiya hukumati Ukrainaning sanksiyalariga nisbatan javob choralarini ko‘rmoqchi. Bu haqda Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“OAVlardan bugun bizga Yatsenyuk hukumatining “Aeroflot” va “Transaero” aviakompaniyalariga Ukraina hududida uchishni taqiqlamoqchi ekanligi ma'lum bo‘ldi. Agar bu amalga oshirilsa, undan Rossiya ham xuddiy shunday aks javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deb aytdi Sokolov.

Sokolov javob choralari ikki davlat o‘rtasidagi havo bog‘lanishini deyarli yopib qo‘yishini ta'kidlab o‘tdi.

“Bundan birinchi navbatda Ukraina fuqarolari jabr ko‘radi. Biroq yuzaga kelgan vaziyatda Rossiyaning bunday chorani ko‘rishga Ukraina hukumatining harakatlari majbur qilmoqda”, deb aytdi Sokolov.

Avvalroq Ukrainaning “Aeroflot” va “Transaero”ga qarshi sanksiyalari 25 oktabrdan amal qilishni boshlashi ma'lum qilingandi.

Top