08:05 / 25.09.2015
12540

Saudiya Arabistoni qiroli hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud haj paytida yuz bergan ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan fojialar ortida hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma'lum qildi. 

Qirol Makkada haj paytida tiqilinch yuz bergani oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va voqeani tergov qilishga buyruq berdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Iyd al-Adh bayramining birinchi kuni ertalabki payt Makkada hajning asosiy amallaridan biri – “shaytonga tosh otish” joyiga olib boruvchi yo‘lda yuz bergan tiqilinch oqibatida 717 kishi halok bo‘ldi, 900 ga yaqin kishi jarohat oldi.

Top