O‘zbekiston | 16:54 / 25.09.2015
4514
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Mino vodiysidagi fojyeadan halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi diplomatik vakolatxonalarining ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yil 24 sentabr kuni Makka shahri yaqininidagi Mino vodiysida kelib chiqqan fojyea oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, fojyea 24 sentabr kuni erta tongda Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘ldi. Ikkita ulkan odamlar oqimi chodirlar shaharchasidan shaytonga tosh otish amali bajariladigan hududga eltadigan yo‘ldagi chorrahada to‘qnash kelib qolgan. Ko‘chalar kesishmasida ulkan tiqilinch vujudga kelib, natijada 717 kishi halok bo‘ldi, eng kamida 863 ziyoratchi jarohatlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish