11:17 / 25.09.2015
3924

WSJ: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishning yangi rejasini tuzmoqda

AQSh harbiy qo‘mondonligi NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari bilan hamkorlikda Afg‘oniston hududidan harbiy qismlarni olib chiqib ketish borasida yangi rejani ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

Aytilishicha, bu rejalar AQSh prezidenti Barak Obamaning rejalari harbiylarning noroziligiga sabab bo‘layotganini aks ettiradi. Eslatib o‘tamiz, Obama 2016 yilga qadar AQSh harbiy kuchlarining ushbu mamlakatdagi kontingentini minimal miqdorga tushirishni reja qilayotgan edi.

Afg‘onistondagi xalqaro kuchlar qo‘mondoni general Jon Kempbell Pentagon va NATO rahbariyatiga bu boradagi o‘z takliflarini “besh tavsiya to‘plami” nomi ostida yuborgan. Hujjat ko‘rib chiqilmoqda.

Top