13:24 / 26.09.2015
3204

3,4 mln so‘mlik parfyumeriya vositalarini O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Toshkent shahri bojxona xodimlari tomonidan katta miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati xabar bergan.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l bojxona posti xodimlari tomonidan “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish natijasida fuqarolar A.Raximov hamda O.Maxmudov umumiy qiymati 36,6 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 70 turdagi tovar-moddiy boyliklar, maishiy tozalash vositalari va parfyumeriya mahsulotlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, olib kirishga uringani fosh qilindi.

Shuningdek, post xodimlari “Almata-Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezdi yo‘lovchisi U.Jabborov tomonidan qiymati salkam 3,4 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklari, xususan parfyumeriya va ayollar gigiyenik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Yuqoridagi holatlarda ushbu shaxslar yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib, tovar-moddiy boyliklarini tijorat maqsadida olib kirishga urinishgan.

Top