22:46 / 26.09.2015
3813

AQSh kongressmeni Rim papasi suv ichgan stakanni olib ketib qoldi

Rim papasi Frantsiskning AQSh kongressi nutqidan keyin vakillar palatasining Pensilvaniya shtatidan a'zosi Bob Bredi “muqaddas bilib” papa suv ichgan stakanni undagi qolgan suv bilan birga o‘zi bilan olib ketdi, deb xabar bermoqda Philly.com

Rim papasi nutqini tugatgandan keyin Bredi sahnaga kelib, papa suv ichgan stakanni ikki barmog‘i bilan ehtiyotlik bilan olib, o‘zining xonasiga olib ketdi. U bu yerda rafiqasi, ikki nafar yordamchisi bilan ushbu stakandagi suvdan bir qultumdan ichib, buni suratga oldi.

Kongressmen “Rim papasi ichgan stakandan suv ichish baxtiga muyassar bo‘lgan yana qancha odamni bilasiz?”, deya murojaat qilmoqda.

Bredi stakandagi suvni yana uch kishi bilan baham ko‘rdi – ular barmoqlarini suvga tiqishdi. Bredi qolgan suvni idishga solib, o‘z nabiralariga fotiha bergani olib qo‘ydi.

Kongressmen stakanni qog‘oz paketga solib qo‘ydi: u stakandagi barmoq izlari haqiqatdan ham pontifikka tegishli ekanini tasdiqlagani uni politsiyaga olib borib, undagi barmoq izlarini olmoqchi.

Nashrning ta'kilashicha, 2009 yilda ham kongressmen Barak Obama inauguratsiya qilingandan keyin unga tegishli stakanni olib ketgan.

Top