Jahon | 18:52 / 26.09.2015
6262
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi Obamani Suriyadagi Rossiya samolyotlari to‘liq tayyorgarlik holatida ekanligidan ogohlantirdi

Rossiyaning Suriyadagi samolyotlari mamlakat prezidenti Bashar Asadning dushmanlari pozitsiyalariga aviazarbalar berishga to‘liq tayyorgarlik holatida turibdi, deb aytdi AQSh razvedkasidagi manbalar The Los Angeles Times nashriga. Manbalarning aytishicha, Oq uy bu haqdagi tegishli ma'lumotni olgan.

“Qiruvchi va shturmchi samolyotlar istalgan lahzada zarbalar berishga tayyor, ayni paytda buning uchun hech qanday to‘siq yo‘q”, deb aytdi AQSh razvedkasiga yaqin manba. Shu bilan birga nashrning boshqa manbasining ta'kidlashicha, razvedka tomonidan aniqlangan qurilma va o‘q-dorilarni to‘liq mudofaa uchun mo‘ljallangan deb bo‘lmaydi.

Aviazarbalar berishda Latakiya viloyatidagi aerodromga keltirilgan 28 ta samolyotdan foydalanish mumkin. Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyaga Su-24 qiruvchi-bombardimonchi, yana shuncha Su-25 shturmchi va 4 ta Su-30 qiruvchi samolyotlari keltirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish