14:36 / 26.09.2015
3442

Bangkok teraktini ijro etish bo‘yicha asosiy gumondor aybiga iqror bo‘ldi

Tailand hukumati 17 avgust kuni Bangkok shahrida amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan xorijlik shaxs teraktni ijro etgani tasdiqlangani haqida ma'lum qildi.

Politsiya vakili Prayut Tavornsirining aytishicha, hibsda saqlanayotgan turkiyalik Adam Qoratog‘ o‘z aybini tan olgan va teraktni qanday sodir etgani haqida ko‘rsatma bergan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, u o‘z ishini bajarganidan keyin tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan va shundan so‘ng videokameralar nigohiga tushgandi.

Qoratog‘ o‘tgan oyning oxirida terakt ijrochisi sifatida gumon qilinib, qo‘lga olingandi. Uning kvartirasidan portlovchi qurilmalar yasashda foydalaniladigan vositalar topilgan.

Top