Sport | 19:12 / 26.09.2015
2921
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 6 nafar futbolchi issiq tufayli o‘yin paytida hushidan ketib qoldi

Braziliya chempionatidagi o‘yinlardan biri zaxirada o‘yinchilar yetishmasligi tufayli yakuniga yetmay qoldi.

Piaui shahrining "Tiradentes" va Maranau shahrining "Vianlar" jamoalari o‘rtasida 45 darajali issiq harorat ostida o‘tgan o‘yin vaqtida ko‘p ham kuzatilmaydigan voqea ro‘y berdi. Quyi liga doirasidagi ushbu uchrashuvda 7-daqiqadanoq mehmonlar darvozaboni issiq tufayli o‘zini juda yomon his qila boshladi. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan "Vianlar" jamoasining yana bir futbolchisi maydonga qulagan. Uni maydon chetiga olib chiqishgan, lekin u o‘ziga kela olmagan. O‘yin davomida mehmonlarning qolgan vakillari ham o‘zini noxush his qila boshlagan. Ulardan jami 6 nafari o‘ziga kela olmagan. Natijada raqib jamoa safida o‘yinchilar yetishmasligi yuz berib, 83-daqiqada o‘yin to‘xtatilgan.

Bu vaqtda o‘yinda "Tiradentes" 10:0 hisobida g‘alaba qozonib turgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish