Jamiyat | 14:24 / 26.09.2015
2495
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp sakkizinchi marta buva bo‘ladi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp sakkizinchi marta buva bo‘ladi.

Ma'lum bo‘lishicha, uning qizi Ivanka Tramp uchinchi farzandini kutmoqda. Bu haqda 69 yoshli milliarder o‘z tvitterida yozgan.

"Qizim Ivanka yana bir farzandini kutayotganini bilib, juda xursand bo‘ldim", deb yozadi Tramp.

Tramplar oilasining yana bir vakili 2016 yilning bahorida dunyoga kelishi aytilgan. Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner oilasida 2 farzand ulg‘aymoqda.

Qayd etish mumkinki, AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlardan yana biri Hillari Klinton o‘tgan yilning kuzida birinchi marta buvi bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish