Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yemelyanenko yangi yil kechasida o‘tkazadigan janggi uchun 2,5 mln dollar oladi
Aralash qoidalar bo‘yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Yemelyanenko katta tanaffusdan keyingi ilk jangini yangi yil oqshomida o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi. U bu jangda ishtirok etishi uchunoq 2,5 mln dollar oladi. Bu haqda enlapelea.com saytiga asoslanib, "R-Sport" xabar bergan.
Hozircha uning raqibi nomi ma'lum bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Yemelyanenko shu yilning 14 iyulida sportga qaytishini e'lon qilgandi.
Keyingi 2 oy davomida u bo‘lajak jang uchun jiddiy ravishda tayyorlandi.
U so‘nggi marotaba 2012 yilda ringga chiqqan va jangdan keyin faoliyatini yakunlash haqida bayonot bergandi.
Ma'lumot uchun, professional faoliyati davomida 40 jangda qatnashgan Fedor ularning 35tasi g‘alaba qozongan. To‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir jang natijasi hisobga olinmagan.