Jahon | 16:45 / 26.09.2015
2591
1 daqiqa o‘qiladi

Gaagada Timbuktu maqbaralari buzilishida ayblanuvchi ustidan sud jarayoni boshlandi

Gaaga xalqaro tribunal sudida harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblanuvchi Ahmad al-Mahdiy al Faqiy ustidan sud jarayoni boshlandi.

Ayblovchi tomonning ma'lum qilishicha, al-Faqiy Malining Timbuktu shahridagi o‘nlab qadimiy maqbara va masjidlarni buzib tashlaganlikda ayblanadi. U mazkur hududda amalga oshirilgan vayronkorliklar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan ilk jinoyatchi hisoblanadi.

U "Al-Qoida" bilan aloqador bo‘lgan "Ansor Din" tashkiloti a'zosi ekani aytilgan.

Ma'lumot uchun, "Ansor Din" tashkiloti jangarilari 2012 yilda Timbuktuda nazoratni o‘z qo‘liga olgan va maqbara hamda masjidlarni buzib tashlagan.

Timbuktu Jahon madaniy merosi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bu qadimiy shaharda islom olamiga aloqador bir qator obidalar joylashgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish