01:28 / 26.09.2015
6517

Hasan Ruhoniy: Eron va Rossiya Suriyaga yordam berishda hech qanday umumiylikka ega emas

Eron va Rossiya Suriya hukumatiga yordam berishda hech qanday umumiylikka yoki kelishilgan rejaga ega emaslar, deb aytdi Nyu-Yorkda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy OAV vakillari oldida so‘zlagan nutqida.

“Men Eron va Rossiya bilan Suriyada terrorchilikka qarshi kurashda koalitsiyalarni ko‘rmayapman”, deb aytdi Eron prezidenti.

Ruhoniyning aytishicha, Suriyada qon to‘kish tugatilib, davlat navbatdagi, barqarorroq bosqichga o‘tsagina, Suriya muholifatiga quloq solinadi. “Suriyada baqarorliksiz demokratiyani o‘rnatib bo‘lmaydi. Ovoz berishni jang maydonida o‘tkazishning imkoni yo‘q”, deb aytdi Hasan Ruhoniy.

Eron prezidenti Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etish uchun keldi.

 

Top