Sport | 21:49 / 26.09.2015
2254
1 daqiqa o‘qiladi

Levandovski Bundesligada o‘zining 100 golini kiritdi

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing 7-turida “Maynts”ga qarshi uchrashuvning 51- va 63-daqiqasida raqib darvozasiga ikkita gol kiritib, dublga erishdi. Uchrashuv myunxenliklarning 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Polshalik futbolchi ushbu to‘plari evaziga Bundesligada kiritgan to‘plari sonini 100 taga yetkazib qo‘ydi. 27 yoshli futbolchi hozirga qadar “Bavariya” uchun 26 ta, “Borussiya” uchun 74 ta to‘p kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 6-turda “Volfsburg”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan o‘yinga tushib, raqib darvozasini 5 marta ishg‘ol etib, penta-trikka erishgan edi.

Levandovski Bundesliga tarixida xorijiy o‘yinchilar ichida 100 to‘plik ko‘rsatkichga eng tez erishgan futbolchi bo‘ldi. Buning uchun unga 168 ta o‘yin kifoya qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish