Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada darvozabon maydonning ikkinchi yarmidan turib raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi
Norvegiyaning "Start" jamoasi darvozaboni Xoqon Opdal ichki chempionatning 25-turi doirasida "Volerenga" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda gol urdi.
U bu vaziyatda maydonning ikkinchi yarmida turib jarima zarbasini amalga oshirgan, lekin u o‘z sheriklariga uzatib bermoqchi bo‘lgan to‘p kuchlirof chiqqan zarba tufayli raqib darvozasidan joy olgan.
25 sentabr kuni Osloda o‘tkazilgan bu bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.
"Start" jamoasi ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Poytaxt jamoasi ayni paytda 25 o‘yindan 21 ochko jamlagan holda turnir jadvalida 13-o‘rinda turibdi. "Volerenga" esa 25 turdan keyin 40 ochko bilan jadvalning oltinchi pog‘onasida joylashgan. Turnir jadvalini 24 o‘yindan 55 ochko ishlagan "Rusenborg" jamoasi boshqarib bormoqda. Chempionat yakunlanishiga yana 5ta tur qolmoqda.