Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Qatardagi boks bo‘yicha jahon chempionatida 9 bokschi ishtirok etadi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2-16 oktabr kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadigan XVIII jahon chempionatida ishtirok etadi. Dohada o‘z qit'alari chempionatida jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga qiritgan 260 bokschi ishtirok etadi. O‘zbekistondan musobaqalarda 9 nafar bokschi ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi safiga quyidagi bokschilar kiritildi: Do‘smatov Hasanbay (49 kggacha vazn toifasi), Zoirov Shahobiddin (52 kggacha), Axmadaliyev Murodjon (56 kggacha), Abduraimov Elnur (60 kggacha), Fazliddin G‘oibnazarov (64 kggacha), Bektemir Meliqo‘ziyev (75 kggacha), Elshod Rasulov (81 kggacha), To‘laganov Rustam (91 kggacha) va Bahodir Jalolov (91 kg dan yuqori).
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 5 oktabrda Ali Bin Hamad Al Attiya Arena sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Janglar bevosita 6 oktabrdan boshlanadi.
Final janglari 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi.