16:59 / 26.09.2015
5992

Suriya muxolifati AQShdan olgan qurol-yarog‘larni "Al-Qoida"ga topshirgani ma'lum bo‘ldi

Amerikalik harbiylarning tasdiqlashiga ko‘ra, AQShda suriyalik muxolif kuchlar uchun tayyorlangan harbiy transport vositalari va o‘q-dorilarning bir qismi "Al-Qoida" tasarrufiga o‘tib ketgan

Aniqlik kiritilishicha, Suriya muxolif kuchlari safida AQSh qurol-yarog‘lari asosida tayyorgarlik o‘tayotgan jangarilar bu qurollarni Suriya hududidagi “Al-Qoida”ning bo‘linmasi hisoblanuvchi “Jibhod an-Nusra” guruhiga berib yuborgan.

Bundan oldinroq, Pentagonda bu qurollar dezertirlar orqali jangarilar qo‘liga tushib qolgani haqidagi xabarlar rad etilgandi.

Bugun esa amerikalik harbiy amaldor jangarilar 6ta yuk mashinasi va qurol-yarog‘lar, ya'ni muxolifat kuchlari uchun ajratilgan resurslarning 25 foiziga ega bo‘lgani haqida ma'lum qilgan.

Markaziy qo‘mondonlik vakili Patrik Rayder AQSh harbiy rahbariyati ushbu vaziyatga javoban chora ko‘rishini bildirgan.

2014 yilda AQSh Suriya muxolifat kuchlarini tayyorlash uchun yarim milliard dollar ajratgan edi.

Top