Sport | 18:52 / 26.09.2015
3529
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenxem» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Angliya chempionatining 7-turi “Tottenxem” hamda “Manchester Siti” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlab berildi. APL grandlari ishtirokidagi bu bahsda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, o‘yinning 25-daqiqasida Kevin de Bryuyne “Siti”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, tanaffusga yaqin Erik Dayyer javob golini urdi.

O‘yinning 50-daqiqasiga kelib, Tobi Alderveyreld Kabalero darvozasini ikkkinchi bor ishg‘ol etdi. Oradan 11-daqiqa o‘tgach esa Xarri Keyn hisobni 3:1 ko‘rinishga olib keldi. 79-daqiqada Erik Lamela raqib darvozasiga to‘rtinchi golni ham yo‘llab, yakuniy natijani o‘rnatdi.

Angliya chempionati, 7-tur

Tottenxem – Manchester Siti 4:1 (1:1, 3:0)
Gollar: 0:1 – 25 de Bryuyne, 1:1 – 45 Dayyer, 2:1 – 50 Alderveyreld, 3:1 – 61 Keyn, 4:1 – 79 Lamela.
Tottenxem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Dayyer, Lamela (Kerroll, 87), Alli, Eriksen (Shadli, 68), Uoker, Son Xin Min (N'Dji, 77), Keyn.
Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Kolarov, Sanya, Demichelis, Fernandino (Nasri, 69), Fernando, Ture (Navas, 56), de Bryuyne, Sterling, Aguero (Roberts, 86).
Ogohlantirishlar: Demichelis (45), Lamela (56), Dayyer (59), Eriksen (65), Alli (88), Keyn (90).