Jahon | 00:00 / 27.09.2015
13665
2 daqiqa o‘qiladi

28 sentabrga o‘tar kechasi “qizil” Oyni ko‘rish mumkin bo‘ladi

28 sentabrga o‘tar kechasi tabiatda kam kuzatiladigan hodisa – “qizil” Oyni, ya'ni oyning to‘liq tutilishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Oy bu lahzada Yerga maksimal darajada yaqin joylashadi, ya'ni perigeyida bo‘ladi. Sayyoramiz soyasi Oyga tusha turib, uning ko‘rinadigan sirtini to‘sadi va bu Oyga “qizil” tus beradi.

Moskva planetariysida ma'lum qilinishicha, “qizil Oyni” Rossiyaning g‘arbiy va markaziy tumanlari va MDH davlatlari aholisi ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

“Moskvaliklar Oy tutilishini deyarli to‘liq holda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi”, deyilmoqda planetariy saytida.

Biroq buning uchun tongotar paytida uyg‘onish kerak bo‘ladi.

NASA’ning ma'lum qilishicha, bu tabiiy hodisa bir necha o‘n yillarda bir marta sodir bo‘ladi. Oxirgi marta odamlar bunday hodisani 1982 yilda kuzatgandilar. Keyingi bunday holat 2033 yilda sodir bo‘ladi.

Ushbu hodisa Oy Yer soyasiga kirganda sodir bo‘ladi. Yer bilan Oy orbitalari tekisliklari o‘rtasidagi burchak 5 gradusni tashkil qilgani uchun, “qizil Oy” effekti hosil bo‘lishi uchun Oy o‘z orbitasi va Yer orbitasi tekisliklari tutashgan joyda bo‘lishi kerak bo‘ladi.
NASA bu hodisa qanday yuz berishini ko‘rsatuvchi videoni chop etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish