23:21 / 27.09.2015
3226

Blatterga Shveytsariya hududini tark etish taqiqlab qo‘yildi

FIFA prezidenti Yozef Blatter uning faoliyati bilan bog‘liq tergov tugagungacha Shveytsariya hududida qolishga majbur.

AS ispan nashrining ma'lum qilishicha, Shveytsariya hukumati tergov davom etgunga qadar Blatterga mamlakat tashqarisiga chiqishni taqiqlab qo‘yishga qaror qildi.

Ma'lum qilinishicha, Blatter o‘z vatanini tark etishga qaror qilsa, unda uning qo‘llariga darhol kishan solinadi.

Blatter chetga chiqa olmasligi tufayli ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi, klublararo chempionatga qur'a tashlash marosimi esa Tokiodan Tsyurixga ko‘chirildi.

Qonun vakillarining fikricha, FIFA korruptsion mojarosiga aloqador bo‘lmagan oz miqdordagina yuqori lavozimli amaldorlar qolgan.

Top