Jahon | 06:41 / 27.09.2015
2162
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bolalar va onalar o‘limi bilan kurashish uchun 25 mlrd dollar ajratadi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bolalar va ayollarda oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar bilan kurashishga yo‘naltirilgan xalqaro dasturning ishga tushirilishini e'lon qildi. Dastlabki bosqichda davlatlar ushbu tashabbus uchun 25 mlrd dollar ajratishadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

“Men bugun ishga tushirilishini e'lon qiladigan ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligi bo‘yicha global strategiya kuchli va sog‘lom jamiyatlarni qurishga yordam beradi. Biz hamkorligimiz aniq natijalarni olib kelishi mumkinligini namoyish qildik. BMTning butun tizimi bilan birga men bizlardan eng zaiflarimizning hayotini saqlash va yaxshilashga hamon qat'iylikka egaman”, deb aytdi Pan Gi Mun.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, dastur uchun AQSh (3,3 mlrd dollar), Kanada (2,6 mlrd dollar), Shvetsiya (2,5 mlrd dollar), Germaniya (1,3 mlrd dollar), Norvegiya (420 mln dollar), Niderlandiya (326 mln dollar) va Janubiy Koreya (300 mln dollar) mablag‘lar ajratdi.

Yana 6 mlrd dollar moddiy ko‘mak sifatida ajratiladi. Bundan tashqari, shunga o‘xshash dasturlar doirasida ajratilgan pullar ham hisobga olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish