Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg muhojirlarga oilalari bilan bog‘lanishida Facebook orqali yordam ko‘rsatadi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg BMT bosh ofisida qilgan chiqishida tashkilotning muhojirlarga ko‘mak berish dasturida ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda The New York Times nashrida yozilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoni qamragan tarmoq orqali muhojirlar tezkor ravishda o‘z oilalari bilan aloqada bo‘lishi mumkin.
Tsukerburg o‘zining bu harakati altruizm (egoizmning aksi, boshqalar uchun fidoiylik qilish - Kun.uz izohi) sifatida baholanmasligi kerakligini, muhojirlarning lagerlarida internetga ulanish sharoitlari yaratilishi ijtimoiy tarmoq uchun ham foydali bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.
Biroz oldin, Tsukerburg o‘z nutqida internetga kirishning kengaytirilishi 160 mln kishini nochorlik holatidan chiqarishi haqida aytgani haqida xabar berilgandi.