19:51 / 27.09.2015
2310

Daily Mail: Klopp unga transfer siyosatida mustaqillik berilsa, «Liverpul»da ishlashga rozi

"Borucsiya D" klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliyaning "Liverpul" jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga qarshi emas. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Germaniyalik mutaxassisga yaqin bo‘lgan manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, Klopp ta'tilini yakunlab, murabbiylik faoliyatiga qaytishga roziligini bildirgan.

Biroq, buning uchun "Liverpul" rahbariyati mutaxassisning bir qator shartlarini bajarishi lozim. Klopp jamoaning transfer ishlarini to‘liqligicha o‘z qo‘liga olishni istayapti. Bundan tashqari, klub rahbari uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini talab qilmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, "mersisaydliklar"ning amaldagi bosh murabbiyi Brendan Rojyers transferlar bo‘yicha o‘zi istaganidek harakat qila olmaydi. Rahbariyat uning roziligisiz Balotellini transfer qilgan, u istagan himoyachi Eshli Uilyamsni esa olib bermagan.

Bundan oldinroq, Kloppning Angliyada ishlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top