Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:23 / 27.09.2015
4282
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq hukumati “IShID”ga qarshi kurashda Rossiya va Suriya bilan hamkorlik qiladi
Iroq hukumati xavfsizlik sohasida Rossiya va Suriya bilan hamkorlik qilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bunday hamkorlik “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashda ma'lumot to‘plashga yo‘naltirilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Suriya va Eron harbiylari “IShID”ga qarshi kurashda shialar bilan hamkorlik qilishga harakat qilishni boshlash uchun Bag‘dodda muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etganlari haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish