22:15 / 27.09.2015
16889

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng muhokamabop xabarlari (21-27 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (21-27 sentabr) ro‘y bergan eng muhokamabop xabarlarini takroran havola etamiz.

“Jinsiy jihod” qurbonlari O‘zbekistonga qaytmoqda>>

Suriya va Iroq hududida faoliyat yuritayotgan turli radikal guruhlar, birinchi navbatda IShID saflariga “jinsiy jihod”ni amalga oshirish maqsadida qo‘shilgan o‘zbekistonlik ayollar aldanganlarini tushunib, o‘z yurtlariga qaytmoqda. Bu haqda jurnalist Marhabo Normetova yozmoqda.

Samarqandning ayrim tungi klublarida voyaga yetmaganlar ishlayotgani ma'lum bo‘ldi>>

Samarqand shahrida joylashgan tungi klublar bo‘ylab o‘tkazilgan navbatdagi reydlar ko‘plab qonunbuzarlik holatlarini yuzaga chiqardi. Bu haqda viloyat prokurori Bahodir Dehqonov ma'lumot berdi.

O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida poraxo‘r o‘qituvchilar qo‘lga olindi>>

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining hududiy bo‘linmalar o‘tkazgan tadbirlar davomida respublikaning bir qancha hududlarida poraxo‘r o‘qituvchilar jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Rog‘un Tojikistonning katta muammosiga aylanishi mumkin>>

Tahlilchi Murod Abrorov internet saytlariga joylashtirilgan maqolasida Rog‘un GESi loyihasi Tojikiston uchun kelajakda katta muammoga aylanishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Eron OAVi: BAA shahzodasi Yamandagi harbiy harakatlar paytida halok bo‘lgan>>

OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, 19 sentabr kuni olamdan o‘tgan Dubay amirining katta o‘g‘li, shahzoda shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtumning vafotiga avval aytilganidek yurak xuruji sabab bo‘lmagan. Eronning "Fars" axborot agentligi xabar berishicha, u Yamandagi harbiy harakatlar hududida halok bo‘lgan.

WSJ: Putin va Obama “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi>>

Rossiya va AQSh prezidentlari, “aftidan, “aql to‘plash” so‘zlarini har xil tushunishadi”, deyiladi The Wall Street Journal gazetasining muharrirlik maqolasida.

Munisa Rizayeva muxlislariga “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatish”ni tavsiya qildi>>

Xonanda Munisa Rizayeva internetda yana bir janjalga aralashib qoldi.
O‘tgan hafta uning Instagram’dagi sahifasi bahs-munozaralarga to‘lib-toshdi.

Hilol Nasimov: Muhammad Yusufni bilmaydigan rejissyor xalqqa nima bera oladi? >>

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Hilol Nasimov xususiy kinostudiyalarda olinayotgan filmlarga o‘z munosabatini bildirib, ularni, har doimgidek, “saviyasizlik”da aybladi hamda namuna tarzida o‘z filmlarini keltirdi, deb yozadi "Darakchi" nashri.

Bred Pitt rafiqasi Anjyelina Jolining 3 nafar suriyalik yetimni asrab olishiga rozi bo‘lmadi>>

Gollivud aktyori Bred Pitt o‘z rafiqasi, aktrisa va rejissyor Anjyelina Jolining yana 4 nafar yetim bolani asrab olish bo‘yicha bildirgan taklifiga rozilik bildirmagan. RadarOnline nashrida yozilishicha, Joli 4 nafar suriyalik bolani o‘g‘il qilib olmoqchi edi, lekin turmush o‘rtog‘i ulardan faqat birini qabul qilishga rozi bo‘lgan.

OAV: 2015 yilda selfiga suratga tushish vaqtida halok bo‘lganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketdi>>

22 sentabr kuni Mashable portali 2015 yilda selfiga suratga tushish vaqtida halok bo‘lganlar soni akulalar hujumidan vafot etganlardan ortib ketganini xabar qildi. Birgina ingliz nashrlarining o‘zida selfi tushishga urinishda olamdan ko‘z yumganlar haqidagi xabarlar soni ochiq dengizda akular hamlasidan vafot etganlardan ko‘proq e'lon qilingan.

OAVda “Senga oshiqman” serialiga yana bir bor tanqid toshlari yog‘dirildi>>

“Oila davrasida” gazetasida chop etilgan “Ko‘rinmas urush qurboni” nomli maqolada Hindistonning o‘zbekistonlik blogerlar va jurnalistlarning e'tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan “Senga oshiqman” seriali yana bir bor tanqid ostiga olindi. 

Xitoylik muhandis dunyodagi eng yaxshi lavozim egasi sifatida tan olindi>>

“Yaxshi yigit, yomon emas” – muhandis Chade-Men Tan Google’da aynan mana shunday lavozimdadir. The Daily Mirror nashrining yozishicha, bu internet foydalanuvchilari tomonidan dunyodagi eng yaxshi lavozim deb topilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari suriyalik qochqinlarni qabul qila oladimi? Ekspertlar javob berdi>>

Dushanba kuni Britaniya parlamentida chiqish qilgan lord Desai suriyaliklarning katta qismini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirish mumkinligini ta'kidladi. Uning fikricha, BMT bilan hamkorlikda qochqinlarni Yaqin Sharqdan Markaziy Osiyoga ko‘chirish mumkin.

OAV: kelinning sepiga 5 mln dan 50 mln gacha sarflanmoqda>>

“Darakchi” gazetasida to‘y marosimlaridagi isrofgarchiliklar tanqidiga bag‘ishlangan navbatdagi material e'lon qilindi. Unda ta'kidlanishicha, qizlarning sepiga atalgan sandiqlarni to‘ldirishning o‘ziga bugungi kunda 5-50 mln o‘rtasidagi mablag‘ sarflanmoqda.

Suriyada Qurbon hayiti bayram sifatida nishonlanmaydi>>

Suriyadagi musulmonlar butun dunyo bo‘ylab Qurbon hayiti bayrami bo‘lib o‘tadigan 24 sentabr kunida mamlakatdagi siyosiy mojarolar tufayli halok bo‘lganlar xotirasi uchun bayram qilishmaydi.  

Don Balon: Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etishga qaror qildi>>

"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etishni istamoqda.

Shumaxerning vazni 45 kg bo‘lib qoldi>>

"Formula-1" poygalarida 7 marta chempion bo‘lgan poygachi Mixael Shumaxerning vazni ayni paytda 45 kilogrammni tashkil qiladi.

Suriyalik muhojir haqida Rossiya matbuotida tarqatilgan ma'lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi>>

Rossiyaning internet nashrlarida Vengriyada muxbir ayol tomonidan chalib yiqitilgan suriyalik qochqinning “al-Qoida” jangchisi bo‘lib chiqqanligi haqida yolg‘on axborot keng tarqatildi.

Ramzon Qodirov Makkadagi tiqilinchni ham fojia, ham Tangrining in'omi deb atadi>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Makkada 24 sentabrda haj paytida yuz bergan tiqilinchni “Tangrining katta in'omi” deb atadi. Qodirov bunday fikrni “Russkaya slujba novostey” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tojikistonda jodugarlarni 7 yilga qamash taklif qilindi>>

Tojikiston hukumati jinoiy kodeksga kiritishni taklif qilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar folbinlik va sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan ko‘riladigan choralarning qattiqlashuviga olib keldi.

29 yoshli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yosh buvi bo‘ldi>>

Rossiyaning Nijyegorod viloyatida istiqomat qiluvchi 29 yoshli Natalya Knyazkova Rossiyaning eng yosh buvisiga aylandi.

Si Tszinpin AQShga oddiy yo‘lovchi samolyotida uchib keldi>>

XXR raisi Si Tszinpin AQShga Air China kompaniyasiga tegishli oddiy yo‘lovchi samolyotida uchib keldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Avstraliyalik ayol iPhone 6S xarid qilishga navbatni egallash uchun o‘z o‘rniga robotni yubordi>>

Avstraliyalik ayol Lyusi Kelli iPhone 6S xarid qilishga navbat kutib o‘z vaqtini sarflashni istamadi va o‘z o‘rniga robotni yubordi, deb xabar bermoqda Mashable.com sayti.

Top