22:34 / 27.09.2015
8153

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli yangiliklari (21-27 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (21-27 sentabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Jahonda 4 mlrdga yaqin odam internetga ulanmagan>>

4 mlrdga yaqin odam, ya'ni sayyoramiz aholisining 57 foizga yaqini internetga kirishga imkoni yo‘q. Bu haqda BMTning internet-texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘mitasi ma'lum qildi. Buni Reuters axborot agentligi keltirmoqda.

Kanadalik velosipedchi tezlik rekordini o‘rnatdi>>

Jamoa sardori Todd Reyxart Nevadadagi 16 an'anaviy WHPSC musobaqalari davomida bir qator tezlik rekordlari o‘rnatdi.

Singapurda 140 ming dollarlik atir namoyish qilindi>>

Ispaniyaning Cuarzo The Circle atir-upalar ishlab chiqaruvchi uyi World of Diamonds korporatsiyasi bilan birga cheklangan miqdordagi Royale Dream atirlarini chiqardi. Atirlar Singapurda “Formula-1” avtopoygasining Gran-prisiga bag‘ishlangan tadbirda namoyish qilindi, deb xabar bermoqda Luxurylaunches nashri.

VIDeO: Ulkan oyna Saudiya Arabistoni fuqarosi umriga zomin bo‘lishiga bir baxya qoldi>>

Saudiya Arabistonidagi kuzatuv kamerasi katta hajmli oyna balandlikdan yo‘lak bo‘ylab sekin sayr qilib ketayotgan erkak ustiga qulashini tasvirga oldi.

Honda tarixi 2 daqiqali videorolikda aks ettirildi>>

Internetda Honda kompaniyasining o‘z tarixiga bag‘ishlangan videoroligi paydo bo‘ldi. Unda kompaniyaning asos solinganidan buyon bugunga qadar qilgan ishlari qisqa shaklda ifoda etib berilgan.

Rossiyalik milliarder buyurtma qildirgan dunyodagi eng yirik yaxta suratlari e'lon qilindi>>

Ommaviy axborot vositalarida “Yevroxim” rahbari Andrey Melnichenko buyurtmasi asosida tayyorlangan dunyodagi eng yirik yelkanli “A” (Sailing Yacht A) yaxtasining suratlari e'lon qilindi.

BAAda robot-shifokorlar navbatchilik qiladigan bo‘ldi>>

Birlashgan Arab Amirliklarida robot-politsiyachilar, kompyuter parkovkachilar va boshqa ko‘plab elektron yordamchilar safiga robot-shifokorlar ham qo‘shildi. Ular tibbiyot xizmatlari mahalliy bozorida haqiqiy inqilob qilishlari kutilmoqda. 

Rossiyalik ayol “Oka”sida 170 km/soat tezlikda BMW X6dan o‘zib ketdi>>

Rossiyaning Kemerovsk viloyatida “Oka” mashinasi haydovchisi 170 km/soat tezlikka chiqib, ko‘plab mashinalardan o‘zib ketdi. Ular orasida BMW X6 ham bor edi.

105 yoshli yapon 100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangilaganidan qoniqmadi>>

Yaponiyalik Xidekiti Miyadzaki 100 metrga yugurib, 105 yoshdan oshganlar o‘rtasida jahon rekordini yangiladi. Biroq u o‘zining natijasidan norozi ekanini ma'lum qildi.

Rim papasi AQShdagi safari davomida oddiygina Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda>>

22 sentabrda AQShga kelgan Rim papasi Frantsisk AQSh bo‘ylab kichkina va arzon Fiat 500L avtomobilida harakatlanmoqda, deb xabar bermoqda Asscociated Press axborot agentligi.

Dunyodagi eng keksa qoplon 24 yoshga to‘ldi>>

Tutqunlikda yashayotgan qoplonlardan eng keksasi kecha 24-tug‘ilgan kunini nishonladi. Ayvori laqabli yirtqichning nomiga yo‘llangan tabriklar Ginness rekordlar kitobida chop etildi, deb xabar beriladi tashkilot Tvitterida.

VIDeO: Pepsi`ni birinchi marta ichib ko‘rgan qiz yig‘idan o‘zini tiya olmadi>>

Kofeinga allergiyasi bor qizning mazkur modda qo‘shilmagan Pepsi ichimligini ichib, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmasdan yig‘lab yuborgani tasvirlangan videorolik YouTube`da bir kun ichida 35 ming martadan ziyod tomosha qilindi.

Suriyada boshida raketa parchasi bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi>>

Suriyada shifokorlar boshida raketa parchasi bo‘lgan go‘dak hayotini saqlab qolishdi. Onasi qornidayoq jarohat olgan qizaloqqa Amal – “Umid” ismi qo‘yildi.

Qochoqlar oroliga Aylan Kurdi nomi beriladi>>

Misrlik milliarder Nagib (Nagib Sawiris)ning aytishicha, u migrantlarga mos keluvchi 2 ta grek xususiy orolni topgan va ulardan biriga dengizda cho‘kib, halok bo‘lgan 3 yoshli suriyalik Aylan Kurdining nomini berishni maqsad qilgan,- deb yozadi AiF.

Avstraliyada iPhone 6s smartfoni mustahkamlikka sinovlardan o‘tkazildi>>

TechSmartt va PhoneBuff kanallari yangi iPhone 6s va iPhone 6s plus smartfonlarini Sidneyda sotuvga chiqarilgandan keyin xarid qildilar va mustahkamlikka sinovdan o‘tkazdilar.

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabr-18dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi>>

FIFA ijroiya qo‘mitasi Tsyurixdagi yig‘ilishda Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi muddatlarini tasdiqladi. Musobaqa 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb ma'lum qilindi tashkilotning rasmiy matbuot-bayonotida.

Dengiz toshbaqasini minib olgan qiz 5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin>>

AQShning Florida shtatida joylashgan Melborn shahridagi plyajda dengiz toshbaqasini minib sayr qilgan 20 yoshli qiz hibsga olindi, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

Minnesotada 9 yoshli bola politsiyachilar itlari uchun bronejiletlarga 1200 ming dollar xayr-ehson qildi>>

AQShning Minnesota shtatida Itan Flint ismli 9 yoshli bola K-9 bo‘limining politsiyachilar itlari uchun bronejiletlarga 1200 ming dollar xayr-ehson qildi, deb xabar bermoqda CBS News telekanali.

Top