Jamiyat | 17:39 / 27.09.2015
3551
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 43 nafar talabaning bedarak yo‘qolganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan namoyish o‘tkazildi

27 sentabr kuni minglab meksikaliklar 43 nafar talabaning yo‘qolganga 1 yil to‘lishi munosbati bilan ko‘chalarga chiqishdi.

Assosheyted Press xabariga ko‘ra, namoyishchilar ushbu voqea bo‘yicha aybdorlar jazolanishi hamda mamlakat prezidenti Enrike Penya Netoning iste'foga chiqishini talab qilishgan. Namoyishchilarning oldingi qatorlarida bedarak yo‘qolgan talabalarning ota-onalari borishgan. Ularning aksari kambag‘al fermerlar hisoblanishadi.

Bundan oldinroq, huquq faollari prezident bilan uchrashishgandi. Prezident bu borada tekshiriv olib borish uchun maxsus bo‘lim tuzilishiga va'da qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2007 yildan hozirgacha Meksikada 25 ming nafardan ortiq kishi bedarak ketgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yilning 26 sentabr kunida Iguala shahrida politsiyachilar va maxsus xizmatlar xodimlari ta'lim sohasidagi islohotlarga norozilik sifatida namoyishga chiqqan talabalarga hujum qilgan va ulardan 6 nafarini o‘ldirib, 17 nafariga tan jarohatlari yetkazgan. Shuningdek, 43 nafar talaba hibsga olinib, voqea joyidan olib ketilgan shundan keyin ularni hech kim ko‘rmagan. Keyinchalik tarqalgan xabarlarga ko‘ra, talabalar Guerreros Unidos nomli jinoiy guruh qo‘liga topshirilgan. Jinoyatchilar esa ularni o‘ldirib, yoqib yuborishgan.

Politsiyachilar bu harakatlari Iguala shahri meri Xose Luis Abarki ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirilganiga iqror bo‘lishgan. Bu jinoyat bo‘yicha 100 nafardan ortiq kishi hibsga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish