Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minnesotada 9 yoshli bola politsiyachilar itlari uchun bronejiletlarga 1200 ming dollar xayr-ehson qildi
AQShning Minnesota shtatida Itan Flint ismli 9 yoshli bola K-9 bo‘limining politsiyachilar itlari uchun bronejiletlarga 1200 ming dollar xayr-ehson qildi, deb xabar bermoqda CBS News telekanali.
4-sinf o‘quvchisi tug‘ilgan kuniga berilgan pullarni 4 yil davomida itlarga yordam berish uchun to‘plab borgan.
Itan intervyusida barcha politsiyachilar maxsus jiletlarga egaligi, biroq itlarning hammasi ham himoyaga ega emasligini aytgan.
“Ba'zi itlarda jilet bor, ba'zilarida yo‘q va men buni adolatdan emas, deb hisoblayman”, deb aytdi bolakay.
Flint itlarga yordam berish uchun pullarni 4 yil davomida yig‘ib kelgani va uning ota-onasi uni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.