20:45 / 27.09.2015
8191

O‘zbekiston va Qozog‘iston maxsus xizmatlari kontrabandachilarni qo‘lga oldilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston maxsus xizmatlari yirik kontrabandachilar guruhini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdilar, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatidagi manba Sputnik muxbiriga.

Tezkor ma'lumotga ko‘ra, jinoiy guruh vakillari O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi orqali 23 sentabrda 20.00 lar atrofida katta kontrabanda yukini olib o‘tishmoqchi bo‘lishgan.
“O‘zbekistonlik va qozog‘istonlik chegarachilar Qozog‘istonning Beyney tumani Oqjigit kishlog‘i qarshisida O‘zbekistonning Qo‘ng‘irot tumani Kiyiksoy aholi punkti hududidagi davlat chegarasi qismini yopib qo‘yishdi”, deb aytdi manba.
Soat 22.20da o‘zbek chegarachilari tomonidan davlat chegarasiga ikkita mototsikl hamrohligida kelayotgan, tirkamaga ega “Kamaz” yuk mashinasi payqalgan.

Qoidabuzarlar taqib paytida Qozog‘iston hududiga o‘tib ketishgan va oldindan ogohlantirilgan Kozog‘iston maxsus xizmatlari tomonidan ushlanishgan.

Ayni paytda O‘zbekiston huquq-tartibot muassasalari tomonidan ushbu holatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlash va ushlash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Top