20:27 / 27.09.2015
4431

Putin Moskvaning Damashqqa berayotgan yordami qonuniy ekanligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Suriya hukumatiga qonuniy yordam ko‘rsatayotganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz Suriya hukumatining harbiy-texnik yordam ko‘rsatish haqidagi iltimosi bo‘yicha harakat qilmoqdamiz, biz buni qonuniy xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirmoqdamiz”, deb aytdi Putin.

Prezidentning aytishicha, Rossiya Suriyaga qurol-aslaha va gumanitar yordam yetkazib bermoqda, harbiy personalni o‘rgatmoqda.

“U yerda faqat yagona qonuniy armiya bor. Bu Suriya prezidenti Asadning armiyasi. Va unga, bizning ba'zi xalqaro hamkorlarimizning talqinicha, muholifat qarshilik ko‘rsatmoqda. Haqiqatda esa Asad armiyasi terrorchilik tashkilotlari bilan kurashmoqda”, deb aytdi Putin AQSh telekompaniyalariga bergan intervyusida.
Putin Rossiya BMTning nizomiga ko‘ra harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Top