Jamiyat | 11:41 / 27.09.2015
4227
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi cho‘loqlanib yura boshladi

AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib turgan Rim papasi Frantsiskni o‘ta charchagan va cho‘loqlanib yurishni boshlaganini payqashgan. Bu haqda 26 sentabr kuni USA Today nashrida yozildi.

Vatikan vakillari jurnalistlarni pontifik 78 yoshdaligiga qaramasdan uzoq safarlardan keyin ham o‘zini bardam his qilayotganiga ishontirmoqda.

"U o‘z ishchi safari davomida ko‘p joylarda bo‘ldi va ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Uning jismonan toliqishi tabiiy hol", deb izoh beradi Vatikan matbuot xizmati vakili Federiko Lombardi.

Bundan tashqari, papa Frantsisk 26 sentabr kuni Nyu-Yorkdagi aeroportda samolyotga chiqayotgan vaqtda qoqilib ketdi.

Vatikanning boshqa bir vakili Tomas Rosikining aytishicha, bu voqeaga uning charchagani emas, ustidagi uzun kiyimlari sabab bo‘lgan.

Ma'lumki, Rim papasi tizzasidagi radikulitdan aziyat chekadi. Lekin Rosikining aytishicha, uni bu dardi hozircha bezovta qilmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, papa o‘z safaridan rohatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Frantsisk 22 sentabr kuni o‘zining AQShdagi safarini boshlagan va bu safar 27 sentabrgacha davom etishi belgilangandi. U bu mamlakatda prezident Obama bilan uchrashdi hamda AQSh Senati majlisida ishtirok etgan ilk pontifikka aylandi.

U shuningdek, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi. Papa AQShga kelishidan oldin Kubada ham bo‘lgandi. Uning 10 kunlik safari Filadelfiyada yakunlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish