08:47 / 27.09.2015
2490

Saudiya Arabistonida haj davomida 70 nafar misrlik halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Saudiya Arabistonida haj davomida kamida 70 nafar misrlik halok bo‘ldi. Bu haqda 26 sentabrda Misr hukumati ma'lum qildi.

Vaqf ishlari bo‘yicha vazirlikning ma'lumotlariga ko‘ra, 37 nafar misrlik Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lgan. Yana 33 nafar misrlik tabiiy sabablarga ko‘ra, asosan o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etgan, deb ma'lum qildi Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi.

26 sentabrda Saudiya Arabistoni hukumati tiqilinchda halok bo‘lganlar soni bo‘yicha yangi ma'lumotlarni keltirdi. Makkada bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Holid al-Faloh halok bo‘lganlar soni 769 kishiga yetganini, 934 kishi jarohat olganini ma'lum qildi.

Top