Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalk "Spartak"ning irqchi fanatlariga havodan bo‘sa yo‘lladi
"Zenit" jamoasining braziliyalik hujumchisi Xalk "Spartak"ka qarshi o‘tkazilgan o‘yindan keyin "Otkrytiye" o‘yingohi tribunalarida kuzatilgan rasistik xatti-harakatlarga nisbatan o‘z reaksiyasini o‘zgacha tarzda namoyish etdi.
Jurnalist undan maydonda turib tribunadagi kimga tomon havodan bo‘sa yo‘llaganini so‘radi.
"Afsuski, vaziyat og‘ir, har safar tribunalarda irqchilik harakatlari amalga oshirilib kelmoqda. Men bunga jiddiy e'tiroz bildirishlardan charchadim. Shuning uchun, ularga havodan bo‘sa yo‘llab, o‘ynashda davom etdim. Bu muhokama qilishga ham arzimaydi", deydi Xalk.