08:11 / 28.09.2015
2361

Afg‘onistonda sport maydonchasidagi terakt natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi

27 sentabrda Afg‘onistonda sport maydonchasida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi, deb ma'lum qilmoqda Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi.

Terakt Afg‘oniston sharqidagi Paktika viloyatida sodir bo‘ldi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi voleybol maydonchasida o‘z tanasidagi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.

Ayni paytda birorta terrorchi guruh ushbu jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

BMTning Afg‘onistonga ko‘mak berish missiyasi hisobotiga ko‘ra, Afg‘onistonda joriy yil birinchi yarmining o‘zidayoq terakt va bosqinchiliklarda halok bo‘lgan tinch aholi soni 1,5 mingdan oshib ketgan, 3,3 mingdan ko‘proq odam jarohat olgan.

Top