Blogerlar yangi iPhone`larning suv o‘tkazmasligini sinovdan o‘tkazishdi
Apple kompaniyasining iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlari suv o‘tkazmaslik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deya xabar berdi International Business Times.
Ishlab chiqaruvchilar yangi iPhone mahsulotlarining suv o‘tkazmasligini bir necha marotaba ta'kidlagan bo‘lsa ham, smartfonlarning “suvga chidamliligi” jarayoni taassurotli tarzda kechdi.
Sinovlarni YouTube`dagi bir necha blogerlar o‘tkazishdi. Bloger Zak Steyli iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini bir soat davomida suv solingan idishga solib qo‘ydi. Tadqiqot nihoyasiga yetganidan so‘ng bloger smartfonda biror nosozlik aniqlamadi. Oradan 48 soat o‘tganidan so‘ng Steyli yana bir videoblogni joylashtirib, unda smartfonlarning maromida ishlayotganini namoyish etdi.
Shuningdek, YouTube`dagi TechRax kanali entuziastlari smartfonni qaytatib ko‘rishga qaror qilishdi. Qaynab, quritilganidan so‘ng ham iPhone bekamu ko‘st ishlashda davom etdi, biroq yoqishdan oldin o‘zini biroz sovutib olishlarini so‘radi.