Texnologiya | 19:22 / 28.09.2015
2417
2 daqiqa o‘qiladi

Doogee T6 smartfoni 6000 mA•s hajmli akkumulyator bilan ta'minlanadi

Doogee kompaniyasi T6 nomi ostida uzoq vaqt ishlatishga mo‘ljallangan yangi smartfon ustida ish olib borayotgani ma'lum bo‘ldi.

Mazkur ustkuna 6000 mA•s hajmli akkumulyator bilan ta'minlanadi. Bu esa muntazam ravishda ishlatilganda ham bir necha kun davomida smartfonni quvvatlashga ehtiyoj tug‘dirmasligini ko‘rsatadi. Ushbu qurilmaga, shuningdek, quvvat olishni tezlashtiruvchi Pump Express texnologiyasi ham o‘rnatiladi.

Ekran hajmi haqidagi ma'lumotlar hozircha oshkor qilinmagan, biroq uning 4 ta ARM Cortex A53 yadrosiga ega 64 bitli MediaTek MT6735 bir kristalli protsessor bilan ta'minlanishi ma'lum. Uning taktik chastotasi 1,5 GGts ga qadar ortadi. Tasvirlarni qayta ishlash uchun esa Mali-T720 tezlatkichi o‘rnatiladi.

Smartfonning tezkor xotirasi 2 Gbni tashkil etsa, 16 Gb li flesh-modulini kengaytirish imkoni yo‘q ekani ma'lum qilindi. Shuningdek, asosiy kamerasi 8 megapiksel, old kamerasi esa 2 megapikselni tashkil qiladi.

Smartfon Android 5.0 Lollipop operatsion sistemasida ishlaydi. Uning hajmi 154,5 × 77,6 × 10,2 mm dan ibora ekani aytilmoqda. Bu esa ekran diagonali 5 dyumdan (1 dyum – 2,54 sm) ortishini anglatadi. Doogee T6 modelining namoyishi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi xabar qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish