Sport | 09:08 / 28.09.2015
2239
1 daqiqa o‘qiladi

«Fiorentina» 1999 yildan buyon ilk marta A seriyada "karvonboshilik" qilmoqda

27 sentabr oqshomida "Juzeppe Meatstsa"da mezbon jamoa "Inter"ni 4:1 hisobida mag‘lub etib qaytgan "Fiorentina" 6-tur yakunlariga ko‘ra, A seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Bu esa florentsiyaliklarning 1999 yildan buyon ilk marta turnir jadvalining eng yuqori qismiga ko‘tarilishi bo‘ldi.
1999 yilning fevralida, A seriyaning 20 tur yakunlariga ko‘ra "Fiorentina" 42 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqib olgan, ammo o‘sha mavsum oxirida jamoa peshqadamlikning boy berib, uchinchi o‘rin bilan kifoyalangandi.

Ayni vaqtda jamoa hisobida 5ta o‘yindan keyin 15 ochko jamg‘arilgan. Keyingi turlarda "Fiorentina"ni "Atalanta", "Napoli" va "Roma" kabi kuchli jamoalarga qarshi jiddiy o‘yinlar kutib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish