Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya 2020 yildan kambag‘al mamlakatlar rivojlanishi uchun yana 4 mlrd yevro ajratadi
Fransiya prezidenti Fransua Olland 2020 yildan kambag‘al mamlakatlar taraqqiyoti uchun yana 4 mlrd yevro davlat yordami ajratishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Fransiya taraqqiyot uchun o‘zining davlat yordamini oshirishga qaror qildi va 2020 yildan mazkur maqsadlar uchun qo‘shimcha ravishda 4 mlrd yevro yo‘naltiradi”, - dedi prezident BMT Bosh Assambleyasining global taraqqiyot sammitidagi nutqida.
Uning qayd etishicha, “majburiyatlarni bajarish”ni ta'minlash uchun yirikroq Yevropa taraqqiyot bankini yaratish maqsadida Fransiya davlat yordami agentligini kattaroq mintaqaviy moliyaviy guruhlar bilan birlashtirish yo‘li bilan isloh qilish haqida qaror chiqarganini oshkor etdi.