Jamiyat | 22:41 / 28.09.2015
3011
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada muhojirlar joylashgan lagerlarga hujum qilish holatlari 2 barobar ortdi

Reuters nashrining xabariga ko‘ra, 2014 yil bilan solishtirganda Germaniyada muhojirlar lagerlariga hujum qilish holatlari ikki barobarga ko‘paygan.

2015 yilning boshidan shu paytga qadar 437 marta muhojirlarning turar-joylariga hujum uyushtirilgan. 2014 yilda bu raqamlar 200 martani tashkil etgandi.

Biroz oldinroq, Germaniyaning shimoli-sharqida joylashgan muhojirlar lageriga o‘t qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish