Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 18:55 / 28.09.2015
3593
1 daqiqa o‘qiladi
iPhone’ning yangi modellari 3 kun ichida rekord darajada sotildi
Yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellarining sotilish darajasi 3 kun ichida barcha rekordlarni yangilab, 13 mln donaga yetdi. Sotuvlar 25 sentabr kuni boshlangan edi.
Apple bayonotida ta'kidlanishicha, yangi modellar 9 oktabrdan 40 mamlakatda sotuvga chiqariladi. Bular qatorida Rossiya, Italiya, Meksika, Ispaniya va Tayvan bo‘ladi.
Hindiston, Malayziya va Turkiya bozorlariga ular 16 oktabrdan chiqariladi.
Yil so‘ngiga qadar telefonlar 130dan ortiq davlatda sotila boshlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish