11:14 / 28.09.2015
2928

Iroqda asir tushgan Turkiya fuqarolari ozod qilindi

Noma'lum jangarilar 2 sentabr kuni qo‘lga olingan Turkiya fuqarolarini ozod qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Bir guruh qurollangan shaxslar internetda joylashtirilgan videolavhada asirlar Turkiya hukumati bergan va'dalarini bajargani tufayli ozod qilinganini ta'kidlagan.
“Biz bilan yaxshi munosabatda bo‘lishdi”, - dedi arabchalab tutqunlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, 2 sentabr kuni Bag‘dodning sharqidagi Madinat as-Sadr tumanidagi qurilayotgan Olimpiya sport majmuasiga niqobli shaxslar bostirib kirib, Nurol İnşaat kompaniyasining 18 nafar xodimini o‘g‘irlab ketgan edi. Ulardan 2 nafari ilgariroq ozod qilingan edi.

Top