Sport | 08:41 / 28.09.2015
1852
5 daqiqa o‘qiladi

Italiya A seriyasida "Fiorentina" "Inter"dan peshqadamlikni tortib oldi

26-27 sentabr kunlari Italiya A seriyasining 6-turi doirasida 8ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning eng markaziy bahsi tur arafasida 1 va 2-o‘rinlarda turgan "Inter" hamda "Fiorentina" klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Ushbu o‘yinda kutilmaganda 1:4 hisobi qayd etilib, mehmonlar g‘alaba qozondi.
Qayd etish kerakki, mazkur mag‘lubiyat "Inter" uchun bu mavsumdagi dastlabkisi bo‘ldi.
Endilikda, "Fiorentina" 15 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Nerazzurilar" esa to‘plar nisbatidagi farq tufayli ikkinchi o‘ringa tushdi.

Inter – Fiorentina 1:4 (0:3, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4, penalti Ilichich, 0:2 – 18 Kalinich, 0:3 – 23 Kalinich, 1:3 – 60 Ikardi, 1:4 – 76 Kalinich.
Inter – Xandanovich, Santon, Miranda, Medel, Perishich (Biabiani, 61), Guarin (Brozovich, 77), Melo, Kondogbia (Ranokkiya, 46), Ikardi, Telles, Palasio.
Fiorentina – Teterushanu, Ronkalya (Jilberto Junior, 75), Rodriges, Astori, Alonso, Badel (Fernandes, 82), Vesino, Blashchikovski (Tomovich, 69), Ilichich, Valero, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Xandanovich (3), Kondogbia (40), Guarin (43), Kalinich (69), Medel (81), Alonso (90).
Chetlatish: Miranda (31).

Italiya chempionati, 6-tur
26 sentabr

Roma – Karpi
Rimliklar bu turda liga debyutanti "Karpi"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 11taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. "Karpi" esa 2 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.

Roma – Karpi 5:1 (3:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Manolas, 2:0 – 28 Pyanich, 3:0 – 31 Jyervino, 3:1 – 34 Borrello, 4:1 – 51 Saloh, 5:1 – 68 Din.
Ogohlantirishlar: Kofi (26), Maykon (76).

Napoli – Yuventus
Mavsumni omadsiz boshlagan ikki grand to‘qnashuvi ham markaziy bahs maqomini oldi. Bu o‘yinda neapolliklar g‘alaba qilishdi, "Yuventus" esa 6 turdagi uchinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Endilikda o‘tgan mavsum chempionlari 5 ochko bilan 15-o‘rinda joylashgan. "Napoli" hisobidagi ochkolar 9taga yetib, jamoa 9-o‘ringa yuqorilagan.

Napoli – Yuventus 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 26 Insine, 2:0 – 62 Iguain, 2:1 – 63 Lemina.
Ogohlantirishlar: G‘ulom (50), Bonuchchi (51), Evra (53), Kalexon (55), Padoin (87), Morata (90).

27 sentabr

Jyenoa – Milan
"Milan" bu turda Genuyaga safar qildi va muxlislarini yana bir bor ranjitadigan o‘yin o‘tkazdi. Mezbonlar vakili Jyemailining jarima zarbasidan kiritgan goli uchrashuvdagi yagonaligini saqlab qoldi. Endilikda "rossonerilar" 9 ochko bilan turnir jadvali ekvatorida joylashgan, "Jyenoa" esa 6 ochko bilan 14-o‘ringa chiqdi.

Jyenoa – Milan 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Jyemaili.
Ogohlantirishlar: Bonaventura (11), Romanoli (18), Kalabriya (56), Pavoletti (58), De Meo (61), Djyemaili (67), Luis Adriano (83), Burdisso (89), Bertolachchi (90).
Chetlatish: Romanoli (42).

Bolonya – Udineze
"Bolonya" bu turda ham mag‘lubiyatga uchradi. "Udineze" esa safardagi g‘alaba evaziga 13-o‘ringa ko‘tarildi.

Bolonya – Udineze 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 31 Mune, 1:1 – 61 Agemang-Badu, 1:2 – 85 Sapata.
Ogohlantirishlar: Mune (34), Destro (41), Adnan (45), Diavara (50), Masina (57), Lodi (66), Paskuale (88).

Verona – Latsio
Rimning yana bir jamoasi "Latsio" safarda veronaliklarni mag‘lub etib, ochkolari sonini 12taga yetkazdi (5-o‘rin). "Verona" hisobidagi ochkolar 3taligicha qoldi (17-o‘rin).

Verona – Latsio 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 33 Xelander, 1:1 – 63, penalti Bigliya, 1:2 – 86 Parolo.
Ogohlantirishlar: Xallfredsson (14), Maurisio (25), Lulich (67), Sala (78), Parolo (90).
Chetlatish: Maurisio (81).

Torino – Palermo
"Torino" "Palermo"ni mag‘lub etib, 13 ochkosi bilan 3-o‘ringa chiqib oldi.

Torino – Palermo 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 44, avtogol Gonsales, 2:0 – 48 Bennasi, 2:1 – 71 Gonsales.
Ogohlantirishlar: Rispoli (31), Bovo (34), Molinaro (37), Vaskes (42), Struna (66), Padelli (77), Kvayson (88), El-Kautari (90).
Chetlatish: Molinaro (61), Obi (89).

Sassuolo – Kevo
Mavsum kuchlilari safida yana bir kutilmagan nom. "Sassuolo" ayni vaqtda 12 ochko bilan kuchli to‘rtlikni to‘ldirib turibdi. Jamoa bu turda "Kevo" bilan durang o‘ynagan bo‘lsada, o‘z o‘rnini yo‘qotmadi.

Sassuolo – Kevo 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 3 Defrel, 1:1 – 24 Paloski.

Ogohlantirishlar: Peluzo (12), Xetemay (43), Manyanelli (56), Berardi (64).

"Frozinone" – "Empoli" hamda "Atalanta" – "Sampdoriya" bahslari bugun bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish