Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:02 / 28.09.2015
3076
1 daqiqa o‘qiladi
Krishtianu Ronaldu keyingi 4 mavsum ichidagi eng yomon startini qayd etdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 6 turida 5ta gol urdi.
Ushbu natija 30 yoshli hujumchi uchun 2010/11-yilgi mavsumdan buyon eng yomon natija bo‘lib turibdi. O‘sha yili Ronaldu Ispaniya chempionati 6 turiga kelib 3 ta gol kiritgan edi.
Qayd etish kerakki, Ronaldu joriy mavsumdagi 5ta golining barchasini 3-turda, "Espanol" darvozasiga yo‘llagan (6:0).