Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Laplandiyada niqobli kishilar 1 mln yevro miqdoridagi 40ta avtomobilni yoqib yuborishdi
Kamenmaada (Laplandiya provinsiyasi, Finlyandiya) o‘t qo‘yilishi natijasida avtosalon hududida turgan 40ta avtomobil yonib ketdi. Shu hudud yaqinida turgan ikki avtomobilga esa zarar yetdi, deb xabar beradi Ilta-Sanomat.
Voqea 27 sentabr oqshomida sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelishganida olov binoga o‘tib ketgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, boshqa bir avtoustaxonada o‘t chiqqani haqida xabar kelgan.
Yonib ketgan mashinalarning 10 donasi KIA va NISSAN avtomobillari bo‘lib, ayrimlarining narxi 60 ming yevro edi.
Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda umumi ziyon 1 mln yevroni tashkil etdi.