Jamiyat | 15:05 / 28.09.2015
2751
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 3 jinoyatchi 13 o‘smirni o‘ldirgani uchun 520 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi

Meksikada 3 jinoyatchi 13 o‘smirni o‘ldirgani uchun 520 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar beradi The Sun Daily.

Har bir jinoyatchi qilgan jinoyatlarining umumiy hisobdagi muddatiga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, ular 297 ming dollardan jarima to‘laydigan bo‘ldi.

2013 yili jinoiy guruh 13 nafar o‘smirni o‘g‘irlab ketgan edi. Keyinchalik politsiya barcha o‘g‘irlangan o‘smirlarning jasadlarini topib oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish