Jahon | 12:37 / 28.09.2015
3665
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikalik 2 baliqchi halokatga uchragach, 4 kun davomida muzlatkichda jon saqladi

Meksikalik harbiylar 4 kun oldin yo‘olib qolgan ikki baliqchini ochiq dengizda muzlatkich ichiga kirib olgan holda suzayotgan alfozda topib olishdi. Bu haqda Noticias MVS xabar bergan.

Baliqchilarning aytishicha, ular dengizga 21 sentabr kuni yo‘l olishgan, 22 sentabr kuni kuchli bo‘ronga duch kelishgach, ularning qayig‘i shikastlanib, cho‘kib ketgan. Ular uzunligi 1.5 metr, eni esa 1 metr bo‘lgan muzlatkich ichiga tushgan holda jon saqlab qolishgan.

Bu muzlatkich, ularning qayig‘iga baliqlar saqlanishi uchun olingandi.

Baliqchilarning qarindoshlari, ulardan darak bo‘lmagach, kerakli joylarga murojaat qilishgan.

Qutqaruvchilar 26 sentabr kuni Sinaloa shtatining Altata shahri qirg‘oqlaridan 79 km masofada ularni uchratib qolishgan.

Harbiylar ularga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishgan va ovqat hamda suv berishgach, Altatadagi shifoxonaga olib borishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish