Jamiyat | 15:14 / 28.09.2015
2280
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya bosh vaziri: Suriyada Bashar Asad ishtirokida o‘tish jarayonini boshlash mumkin

Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimida qolmasligi kerak, ammo uning ishtirokida o‘tish jarayoni boshlansa, bu ixtilofning hal bo‘lishiga ko‘mak berishi mumkin. Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg bayonot berdi.

“Asad o‘z lavozimidan ketmasa, Suriya bo‘yicha uzoq istiqbolli yechim topiladi deb o‘ylamayman. Shunga qaramay, buning uchun jadval tuzilib, o‘tish jarayoni tashkil etilishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Norvegiya telegraf byurosi.

Sulberg xonim Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga katta umid bog‘lanayotgani, aynan shu Suriya kelajagiga ta'sir o‘tkazuvchi qarorlarning qabul qilinishiga turtki bo‘lishini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish