10:03 / 28.09.2015
5019

NYT: Rossiyaning IShIDga qarshi Iroq bilan hamkorlik qilishi AQSh uchun kutilmagan hol bo‘ldi

Iroq hukumatining IShIDga qarshi kurashda Suriya, Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishi borasidagi bayonoti AQSh uchun kutilmagan hol bo‘ldi, deb yozadi The New York Times.

Aytilishicha, Rossiya bir oy ichida ikkinchi marta amerikalik siyosatchilarni hayron qoldirmoqda. Birinchi marta bunday holat Suriyadagi Lataqiya aviabazasida Rossiya samolyotlarining paydo bo‘lganida kuzatilgan edi.
“AQSh diplomatik strategiyaga tayanib, Rossiyaning Suriya masalasidagi ko‘magiga ishonch bildirgan paytda ham Kreml bir tomonlama siyosiy qadamlar tashlashdan to‘xtamadi”, - deyiladi maqolada.

Ta'kidlanishicha, ikki davlat Suriya muammolarini boshqacha tushunadi, shu tufayli ham ular orasida kelishuvga erishilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Top