Sport | 12:01 / 28.09.2015
2684
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Blatter yaqin vaqt ichida o‘z xohishi bilan ishdan ketmasa, majburan ketkaziladi

FIFA prezidenti Yozef Blatter bir necha kun ichida o‘z xohishi bilan lavozimini tark etmasa, majburan ketkaziladi. Bu haqda AFP Germaniyadagi manbalarga asoslanib xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, 25 sentabr kuni Shveytsariya hukumati FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi ham unga nisbatan tekshiruvlar boshlagan.

"Agar Blatter yaqin vaqt ichida o‘z xohishi bilan ishdan ketmasa, majburan ketkaziladi", deyiladi xabarda.

FIFA rahbari UYeFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Shuningdek, FIFA prezidenti Yozef Blatter uning faoliyati bilan bog‘liq tergov tugagungacha Shveytsariya hududida qolishga majburligi xabar qilingan.

Ma'lumot uchun, Blatter 1998 yildan buyon FIFAga rahbarlik qilib keladi. U 2015 yilning 29 may kunida beshinchi marta prezidentlikka saylangan, lekin ko‘p o‘tmasdan tashkilotdagi mojarolar tufayli o‘z lavozimini muddatidan avval tark etishini e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish